Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan tabrik telegrammasi yo‘lladi. Tabrik matni Kreml saytiga joylashtirilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Hurmatli Shavkat Miromonovich, mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan samimiy tabrigimni qabul eting. Keyingi yillarda Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarildi. Mazmunli siyosiy muloqotimiz, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorligimiz izchil rivojlanib bormoqda. Bizning mamlakatlar hududiy va xalqaro kun tartibida turgan muhim masalalarni hal qilishda samarali hamkorlik qilmoqda», — deyilgan tabrikda.
U birgalikda qilingan sa’y-harakatlar Rossiya va O‘zbekistonning do‘stona xalqlari manfaatlari yo‘lida hamda Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadlariga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘liq va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa – baxt va farovonlik tilagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?