08:38 / 22.03.2017
8 022

Chiyabo‘rilar Farg‘onadagi xonadonlarga hujum qilmoqda

Chiyabo‘rilar Farg‘onadagi xonadonlarga hujum qilmoqda
Farg‘onaning Quvasoy shahrida shaharga kiraverishdagi mahallalarning birida chiyabo‘ri 18 bosh qo‘yni bo‘g‘izlab ketdi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.

Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, chiyabo‘rilar hujumni tunda amalga oshirgani bois, uy egalari ro‘y berayotgan hodisadan bexabar qolishgan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ertasi kuni jabrdiydaga qo‘shni bo‘lgan yana bir xonadonga hujum uyushtirilgan va bu safar 4ta qo‘y chiyabo‘rilar o‘ljasiga aylangan.

"Yaqin orada bu kabi hodisalarga guvoh bo‘lmagan edik. Chiyabo‘rilar bizning mahallamizga yaqin yo‘lamas edi. Hozirgi holat barchani hayratga va havotirga solmoqda", — deb aytdi mahalla yashovchilaridan biri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Chiyabo‘rilar Farg‘onadagi xonadonlarga hujum qilmoqda