15:08 / 22.03.2017
6 625

Toshkent uchun 865 dona zamonaviy avtobus sotib olinadi

Toshkent uchun 865 dona zamonaviy avtobus sotib olinadi
Avtobuslar O‘zbekiston hukumati tasdiqlagan "Toshshahartransxizmat" korxonasi harakat sostavi parkini yangilash dasturi doirasida sotib olinadi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun ikki turdagi — katta sig‘imli MAN (350 dona) va o‘rta sig‘imli Isuzu (515 dona) avtobuslari sotib olinadi. Har ikki brenddagi avtobuslar Samarqanddagi zavodlarda ishlab chiqariladi. Bu yilning o‘zida 190 dona, 2018 yilda 285, 2019 yilda 390 dona avtobus sotib olinadi.

Katta sig‘imli avtobuslar davlat byudjeti mablag‘lari evaziga, o‘rta sig‘imli avtobuslar esa tijorat banklari kreditlari, Asaka-Trans-Leasing, O'zavtosanoat-leasing lizing kompaniyalari vositalari evaziga sotib olinadi.

MAN Avto-Uzbekistan korxonasi yana bir tashabbus bilan chiqqan — joriy yilning o‘zida "Toshshahartransxizmat"ning barcha korxonalari MAN avtobuslariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi servis markazlari tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent uchun 865 dona zamonaviy avtobus sotib olinadi