10:17 / 23.03.2017
5 529

Bortkuzatuvchilar endi har yili tayyorgarlikdan o‘tadi

Bortkuzatuvchilar endi har yili tayyorgarlikdan o‘tadi
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1733-1, 2017 yil 13 mart) bilan O‘zbekiston Respublikasi aviasiya qoidalari “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviasiyasi bortkuzatuvchilarining ishlarini tashkil etish qoidalari”ga (O‘zR AQ-95) o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz nashri xabar berdi.

Eng avvalo, bortkuzatuvchilarni kasbiy tayyorlash elementlari malakasini oshirish va ushlab turish bilan to‘ldirildi.

Bortkuzatuvchilarni avariya holatlari bo‘yicha, xavfli yuklarni tashish qoidalariga va aviasiya xavfsizligi bo‘yicha tayyorlash endilikda 1 yilda bir marta (ilgari – 2 yilda bir marta) Davavianazorati tomonidan tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha Fuqaro aviasiyasi o‘quv markazida o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bortkuzatuvchilar endi har yili tayyorgarlikdan o‘tadi