13:53 / 24.03.2017
8 157

Shavkat Mirziyoyev may oyida Xitoyga davlat tashrifi bilan boradi

Shavkat Mirziyoyev may oyida Xitoyga davlat tashrifi bilan boradi
Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida 2017 yil 24 martda O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mitaning 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi bilan borishi ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniev va XXR savdo vaziri o‘rinbosari Fan Aysin yig‘ilishga raislik qildi. Yig‘ilish may oyida bo‘lib o‘tadigan ikki davlat rahbarining uchrashuvi vaqtida ko‘rib chiqiladigan masalalar va imzolanadigan hujjatlarni tayyorlash yuzasidan muhim ahamiyat kasb etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev may oyida Xitoyga davlat tashrifi bilan boradi