14:56 / 24.03.2017
6 314

O‘zbekistonda o‘ziga xos “o‘lim guruhlari” paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda o‘ziga xos “o‘lim guruhlari” paydo bo‘ldi
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda “o‘lim guruhlari” o‘yinlariga qo‘shilish tobora ommalashmoqda. Bu esa o‘z navbatida huquq-tartibot organlari xodimlarini ancha tashvishlantiryapti, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Muxbirga ko‘ra, O‘zbekistonda bunday xavfli o‘yinlar taxminan 2 oylar oldin paydo bo‘lgan. O‘yin shartlardan iborat bo‘lib, eng so‘nggi topshiriq sifatida — ishtirokchidan o‘z joniga qasd qilish so‘raladi. O‘yin ishtirokchilariga bu topshiriqlarni "o‘lim guruhlari"dagi "anonim kuratorlar" berishi aniqlangan.

Ayni vaqtda "o‘lim guruhlari"ning o‘zbekchalashtirilgan ko‘rinishi paydo bo‘lgan. Bu guruhlar ishtirokchilari hayot uchun xavfli topshiriqlarga jalb qilinmoqda. O‘yindan maqsad — bordiyu o‘smir marragacha bora olsa, mo‘maygina pul egasiga aylanadi. Ammo o‘yin shartlari ahmoqona va hayot uchun xavfli topshiriqlardan iborat bo‘ladi, deylik, yo‘llar avtomobillarga to‘lgan mahal yo‘lni yugurib kesib o‘tish, yoxud o‘ta baland joydan sakrash singari…

Ayni vaqtda poytaxt milisiyasi balog‘at yoshiga etmaganlar orasida xavfli o‘yinlar tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni o‘tkazmoqda. O‘smirlarning mobil telefonlari va ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari tekshirilyapti. Shuningdek, bu ishga shahar hokimiyati, poytaxt prokuraturasi, Xalq ta’limi bosh boshqarmasi, o‘rta maxsus kasbiy ta’lim bosh boshqarmasi va yoshlar "Kamolot" harakati jalb qilingan.

Virtual "o‘lim guruhlari"ga a’zoligi aniqlangan yoshlarning har biri nazoratga olinib, ularga professional psixologlar biriktirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda o‘ziga xos “o‘lim guruhlari” paydo bo‘ldi