00:06 / 25.03.2017
7 392

2,5 mingdan ziyod oila Sergelida qurilayotgan yangi uylarga ko‘chib o‘tadi

2,5 mingdan ziyod oila Sergelida qurilayotgan yangi uylarga ko‘chib o‘tadi
Toshkent shahrining Sergeli tumanida 66 ko‘p qavatli uy Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.

Zamonaviy shaharsozlik talablari asosida bunyod etilayotgan mazkur uylar 2500 dan ziyod oilaning turar joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi. Uylar oilalarga imtiyozli ipoteka krediti orqali beriladi.

Sergeli tumanidagi qurilish ishlari uchta maydonda olib borilmoqda. Birinchi maydondagi 66 ta etti qavatli uyning kalitlari xonadon sohiblariga O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi bayrami arafasida topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur uylar qurib bitkazilishi bilan 4000 dan ziyod oila o‘z shaxsiy xonadoniga ega bo‘ladi. Ko‘p xonadonli uylar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy qurilish materiallari asosida barpo etilmoqda.

Shuningdek, maktablar, bolalar bog‘chalari, dam olish joylari, poliklinikalar, bolalar maydonchalari, avtomobil turar joylari, chiqindi yig‘ish punktlari qurilishi rejalashtirilgan. Hudud obodligi ta’minlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2,5 mingdan ziyod oila Sergelida qurilayotgan yangi uylarga ko‘chib o‘tadi