13:38 / 25.03.2017
5 824

O‘zbekiston neft importi uchun Qozog‘istondagi quvurdan foydalanadi

O‘zbekiston neft importi uchun Qozog‘istondagi quvurdan foydalanadi
O‘zbekiston va Qozog‘iston neft importi uchun “Omsk-Pavlodar-Chimkent” neft quvuridan foydalanish haqida kelishib olishdi. Bu haqda “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi Alisher Sultonov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Uning ta’kidlashicha, “O‘zbekneftegaz” MXK “Kazmunaygaz”, “Kaztransgaz” va “Kaztransoyl” kompaniyalari bilan muzokara olib borgan.

“Kelishuvda erishilgan eng muhim shartnoma – bu “Omsk-Pavlodar-Chimkent” neft quvuridan bizning neftni qayta ishlovchi zavodlarni xomashyo bilan ta’minlashda ishlatilishiga oid”, - deya ta’kidlab o‘tgan u.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning qayd etishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston neft etkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan. “Biz buning uchun qozoq birodarlarimizdan minnatdormiz”, - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan u.

O‘zbekiston TIV rahbarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston bir-biri bilan raqobat qilmaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki davlat iqtisodiyoti bir-birini o‘zaro to‘ldirib turadi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi doirasida “O‘zbekneftegaz” MXK va Qozog‘iston energetika vazirligi o‘rtasida neft va gaz sanoati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagida anglashuv Memorandumi imzolandi.

Hujjat mamlakatlar o‘rtasida neft va gaz sanoati sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston neft importi uchun Qozog‘istondagi quvurdan foydalanadi