18 mart kuni xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.
Viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev boshqaruvida o‘tgan sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A. Azizov so‘zga chiqqan.
Yig‘ilishda hududda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jinoyatchilikning oldini olish borasida yutuqlar barobarida echimini kutayotgan, hal bo‘lishi lozim bo‘lgan vazifalar ham ko‘pligi ta’kidlangan. Xususan, so‘nggi yillarda jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari oshayotgani qayd etilgan.
Jahon ma’naviy tamadduni beshiklaridan biri sifatida e’tibor qozongan Buxoro viloyatida 2016 yilda qotillik, zo‘ravonlik, talonchilik turdagi jinoyatlarning 11tasi ochilmay qolgan. O‘g‘irlik jinoyatlarining esa 10 foizi fosh etilmagan.
Shuningdek viloyatda firibgarlik, voyaga etmaganlar va ayollar jinoyatchiligi sonining oshayotganligi, qidiruvdagi shaxslar va bedarak yo‘qolganlarni izlab topishdagi ko‘rsatkichlarning pastligi, diniy ekstremistik oqimlarga moyil shaxslar bilan ishlash borasidagi muammolar tahliliga ham e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston IIV rahbari o‘z so‘zida ichki ishlar tizimi xodimlarining asosiy vazifasi faqatgina sodir etilgan jinoyatlarni ochish, jinoyatchilarni ushlash emas, balki aholi o‘rtasiga chuqur kirib borgan holda jinoyat sabablarini o‘rganish, ularning oldini olish ekanligini, prezidentimiz tomonidan har haftaning payshanba kuni Profilaktika kuni sifatida e’lon qilinishi zamirida ham ana shu maqsad ilgari surilganligini ta’kidlagan.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.O‘rinov lavozimidan ozod etilib, ushbu vazifaga Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan podpolkovnik Aliev Shuhrat Hasanovich tayinlangan.
Deputatlar O‘zbekiston Respublikai prezidentining ushbu qarorini bir ovozdan tasdiqlashgan.
Yig‘ilishda viloyat prokurori lavozimiga tayinlangan Valiev Bahriddin Bahodirovich hudud faollariga tanishtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi