20:44 / 26.03.2017
5 800

O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi yo‘l bilan tutashadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi yo‘l bilan tutashadi
O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari «Beyneu – Akjigit – O‘zbekiston chegarasi» avtomobil yo‘li loyihasi, shuningdek, mintaqa mamlakatlarining xalqaro dengiz kommunikasiyalari va salohiyatli bozorlarga muqobil chiqishini ta’minlaydigan boshqa qo‘shma loyihalarning tez orada amalga oshishidan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar, deb yozadi Kun.uz.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma deklarasiyada so‘z yuritilgan.

«Beyneu – Akjigit – O‘zbekiston chegarasi» avtomobil yo‘li uzunligi (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ustyurt platosi orqali o‘tuvchi yo‘l bilan tutashadi) 84 km (shundan 11 km asfalt-beton qoplamali, 42 kmga shag‘al to‘shalgan, 31 kmlik yo‘l tuproq yo‘l)ni tashkil etadi.

Hozirda mazkur yo‘lni rekonstruksiya qilish va uni O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston respublikasidagi xalqaro avtomobil yo‘l bilan tutashtirish borasida katta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi yo‘l bilan tutashadi