Yangi «Boqiy Buxoro» erkin turistik zonasida bepul Wi-Fi tizimi yaratiladi

  • 27 mart 2017, 00:38
  • 5 769
  • O‘zbekiston
  • Yangi «Boqiy Buxoro» erkin turistik zonasida bepul Wi-Fi tizimi yaratiladi
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017—2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati sayyohlik imkoniyatlarini jadallik bilan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi taqdim etildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

    Loyihaga binoan shaharda «Boqiy Buxoro» nomli erkin turistik zona yaratiladi. Ushbu zona va shaharning tarixiy qismida aholi uchun bepul Wi-Fi tizimi yaratiladi.

    Sayyohlik mavsumida Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi poezdlar reyslarining hamda «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi tashqi va ichki reyslarining soni oshirilishi taklif etilmoqda.

    Buxoroni «Tabarruk Buxoro — muqaddas Islom markazi» shiori ostida noyob shahar-muzey, Sharq marvaridi sifatida targ‘ib qilish rejalashtirilmoqda.

    Yilda bir marotaba Buxoroda Ibn Sino merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tibbiyot sohasidagi eng yaxshi ilmiy ish uchun Ibn Sino mukofoti topshiriladi. Bundan tashqari, har yili «Buxoro kuni», «Ipak va ziravorlar», «Buxoro qovunlari» festivallari tashkil etiladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yangi «Boqiy Buxoro» erkin turistik zonasida bepul Wi-Fi tizimi yaratiladi