O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegasiya 27 mart kuni “Ozarboyjon temir yo‘llari” YoAJ bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
“Ozarboyjon temir yo‘llari” raisi Javid Gurbanov O‘zbekiston delegasiyasini Ozarboyjon temir yo‘llari sohasidagi islohotlar va mamlakatning tranzit salohiyatini oshirish bilan bog‘liq ishlar haqida yaqindan tanishtirdi.
U shuningdek xalqaro va mintaqaviy loyihalar haqida gapirib berdi, jumladan Boku-Tbilisi-Kars temir yo‘li qurilishi bo‘yicha loyiha haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar “Ozarboyjon temir yo‘llari” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Sodiq Safoyev ikki davlat temir yo‘l idoralari o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish muhimligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish haqida bayonnoma imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?