O‘zbekistonga Britaniyaning Lloyd’s Register Group Limited kompaniyasi delegasiyasi tashrif buyurdi. Delegasiyaga Janubi-Sharqiy Evropa departamenti menejeri Sebastyan Buka boshchilik qildi. Bu haqda 12news.uz'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Bukaning “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida aytishicha, delegasiyaning O‘zbekistonga tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad ushbu mamlakatda kompaniyaning biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqishdir. Birinchi navbatda respublikadagi savdo-iqtisodiy va investision muhit bilan tanishish maqsadi ko‘zlangan.
“Kompaniyamizning moliyaviy ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha tajribasi o‘zbekistonlik hamkasblarimizga qo‘l keladi deb umid qilamiz. O‘zbekiston tomoni ham biz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqmoqda”, – deb ta’kidladi Buka muloqot chog‘ida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi