15:07 / 30.03.2017
7 905

Toshkentda Osiyo botanika bog‘i va yangi akvapark quriladi

Toshkentda Osiyo botanika bog‘i va yangi akvapark quriladi
Toshkent shahrida 2017 yilda oltita yangi istirohat bog‘i bunyod etiladi. Sof.uz'ning yozishicha, «bugungi kunda bu borada jadal ishlar olib borilmoqda».

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Nozim Husanovning ma’lum qilishicha, bog‘larning har biri o‘ziga xos ko‘rinish va yo‘nalishga ega bo‘ladi.

Xabar berishlaricha,
  • Shayxontohur tumani Beltepa ko‘chasida ko‘p funksional bolalar istirohat bog‘i,
  • Uchtepa tumanida Foziltepa va Farhod ko‘chalari kesishgan joyda Osiyo botanika bog‘i shaklidagi ko‘ngilochar park,
  • Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida sog‘lomlashtirish akvaparki,
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida Hamid Olimjon va Mahatma Gandi ko‘chalari chorrahasida estetik istirohat bog‘i,
  • Mirobod tumanida Nukus va Oybek ko‘chalari kesishuvida salomatlik va sport bog‘i,
  • Sergeli tumani Do‘stlik mavzesida multimediyaviy favvorali madaniyat va istirohat bog‘i tashkil etiladi.

Bu parklarning jami er maydoni 45 gektarga etadi. Ularga 110 attraksion o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvida 2017 yilda shaharda yangi madaniyat va istirohat bog‘lari barpo etilishini ta’kidlagan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda Osiyo botanika bog‘i va yangi akvapark quriladi