14:12 / 31.03.2017
5 727

Islom Karimovga o‘rnatiladigan haykallar suratlarining namunalari paydo bo‘ldi

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha tanlov o‘tkazish borasida mamlakat hukumatining qarori chiqqan edi. Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Skulpturы Uzbekistana” guruhida mazkur tanlovda ishtirok etuvchi haykallar namunalariga doir suratlar joylashtirildi.

Ular Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida o‘rnatiladigan haykallar xalqaro tanlovida ishtirok etadi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Eslatib o‘tamiz, 31 mart kuni xalqaro tanlovga namunalar taqdim etish bo‘yicha so‘nggi kun bo‘lib, 10 aprelgacha maxsus ko‘rgazma tashkil etiladi. Unda barcha xohlovchilar taqdim etilgan namunalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Islom Karimovga o‘rnatiladigan haykallar suratlarining namunalari paydo bo‘ldi










arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Islom Karimovga o‘rnatiladigan haykallar suratlarining namunalari paydo bo‘ldi