O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mamlakat aholisini zaharli qo‘ziqorinlardan saqlanishga chaqirdi.
FVV ma’lumotlariga asoslanib Kun.uz nashri yozishicha, er yuzida qo‘ziqorinlarning 100 000 dan ortiq botanik turlari mavjud bo‘lib, O‘zbekiston hududida ularning 300 dan ziyod turi mavjud. Biroq shulardan atiga 25 turigina iste’mol uchun yaroqli hisoblanadi.
“Respublikamiz hududida o‘sadigan qo‘ziqorinlarning 275 turi zaharli hisoblanadi. Ularning tarkibida turli xil kuchli zaharli moddalar mavjud bo‘lib, qo‘ziqoringa qanchalik ishlov berilmasin (qaynatish, qovurish, dimlash, dudlash, marinadlash), tarkibidagi zaharli moddalar yo‘qolib ketmaydi hamda oshqozon-ichak fermentlari ta’sirida parchalanmaydi, iste’mol qilgan insonlarni zaharlanishga, og‘ir hollarda esa – o‘limga olib keladi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Respublikaning ba’zi jamoa va shirkat xo‘jaliklariga maxsus issiqxonalarda iste’mol uchun yaroqli bo‘lgan “veshenka” va “shampinon” qo‘ziqorin turlarini etishtirish va savdo qilish uchun ruxsat berilgan.
Madaniy sharoitda etishtirilayotgan qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan konserva mahsulotlariga sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati nazoratining laboratoriyalarida tahlil qilinib, inson sog‘ligi uchun zararsiz deb topilgan taqdirda gigienik sertifikat beriladi. Ana shunday qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarni savdo shoxobchalaridan xarid qilish hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
Zaharlanish belgilari: Zaharli qo‘ziqorinni bilmay iste’mol qilgan kishilar 6-12 soat vaqt o‘tganidan so‘ng ko‘ngli aynab, tez-tez qayt qiladi. Oshqozon-ichak faoliyati buzilib, qorinda og‘riq paydo bo‘ladi va butun a’zoyi badani bo‘shashib ketadi.
Organizmga zarari: qo‘ziqorin tarkibidagi zaharli moddalar jigar, buyrak, me’da osti bezi va markaziy asab tizimi a’zolarini qattiq shikastlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi