Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar olib boradi

  • 04 aprel 2017, 08:17
  • 6 640
  • O‘zbekiston
  • Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 5 aprel kuni Moskvada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qiladi. Bu haqda «Novosti Uzbekistana»ga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.
    Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar olib boradi
    «Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligidagi hamkorlik, investisiyaviy, infratuzilmaviy va boshqa qo‘shma loyihalar, shuningdek, o‘zaro manfaatli boshqa qator masalalarni muhokama qiladi», — deyiladi Rossiya Vazirlar Mahkamasi rasmiy saytida e’lon qilingan axborotda.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4—5 aprel kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar olib boradi