3 aprel kuni Rossiyaning «Gazprombank» AJ va O‘zbekistonning «Asaka» ATB Toshkent shahrida metallurgiya zavodini qurish loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik haqidagi bitimni imzoladi. Bu haqda UzDaily.uz'ga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Hujjat banklarning xalqaro o‘zaro manfaatli hamkorlik, jumladan O‘zbekiston Respublikasi uchun davlat ahamiyatiga ega investisiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish borasidagi niyatini tasdiqlaydi.
Hamkorlik doirasida tomonlar Toshkent shahridan uzoq bo‘lmagan erda metallurgiya zavodini qurish bo‘yicha loyihani moliyalashtirishni rejalashtirmoqda.
Bo‘lajak zavodda metall listlarni ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologiyali korxona ishga tushirilishi mo‘ljallangan.
Loyiha qiymati 280 million evrodan ko‘proqni tashkil etadi. Zavod qurilishi yaqin oylar ichida boshlanadi. Sanoat loyihasi 2019 yilda foydalanishga topshiriladi.
Toshkent metallurgiya zavodining quvvati yiliga 500 ming tonna mahsulotni tashkil etadi.
«Loyiha O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan amaliy qo‘llab-quvvatlanayotgani, o‘zbek tomonidan eng asosiy sarmoyador esa loyihaga 100 million evro kiritayotgan O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ekanligi juda muhim», - deya ta’kidlab o‘tdi Gazprombank boshqaruv raisi o‘rinbosari Aleksey Matveev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!