12:50 / 05.04.2017
5 429

Izboskandagi muloqotlarda nogironlarga pensiyani oldinroq tarqatish masalasi ko‘tarildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Andijon viloyatining Izboskan tumanida aholi turmush tarzi bilan tanishib, ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda. Bu haqda palata matbuot xizmatiga asoslanib "Daryo.uz" ma’lum qildi.
Izboskandagi muloqotlarda nogironlarga pensiyani oldinroq tarqatish masalasi ko‘tarildi
Parlament vakili Muharram Dadaxo‘jaeva tumandagi 10 dan ortiq mahalla, xususan, «Kuyganyor» va «Urganji» mahalla fuqarolar yig‘inida mavjud muammolarni o‘rgandi.

— Kuchli yog‘ingarchilik davrida mahallamiz hududida ko‘p miqdorda suv to‘planib qolish holatlari kuzatiladi, — deydi «Kuyganyor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ra’noxon Uralova. — Bu esa ekin maydonlarida zaxlashi, imoratlar poydevori emirilishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday holat insonlar salomatligiga ham ta’sir qiladi. Biz deputatga ushbu hudud yaqinida zovur qazish taklifini bildirdik.

Aholi bilan muloqotlar davomida asosan ijtimoiy masalalarga e’tibor qaratildi. Fuqarolar 1 va 2-guruh nogironlariga hamma bilan bir paytda emas, vaqtliroq pensiya tarqatilishida ko‘mak berishni so‘rab, murojaat qildi. Mazkur murojaat ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Izboskandagi muloqotlarda nogironlarga pensiyani oldinroq tarqatish masalasi ko‘tarildi