14:55 / 05.04.2017
6 027

O‘zbekiston va “Gazprom” gaz sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

O‘zbekiston va “Gazprom” gaz sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi
2017 yilning 4 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov “Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Miller bilan Moskvada uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Gazprom” matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

G‘ulomjon Ibragimov va Aleksey Miller O‘zbekiston hamda “Gazprom” o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Xususan, tomonlar “Gazprom” tomonidan O‘zbekiston gazini sotib olish bo‘yicha masalalarni muhokama qilishgan. Shuningdek O‘zbekistonda “O‘zbekneftegaz” MXK va “Gazprom” tomonidan geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish bo‘yicha masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Bosh vazir o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov “Gazprom” Markaziy dispetcherligiga ham tashrif buyurdi hamda Rossiyani gaz bilan ta’minlashning Yagona tizimi ishi bilan tanishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va “Gazprom” gaz sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi