20:24 / 05.04.2017
6 813

«Gazprom» O‘zbekistondan gaz sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi

«Gazprom» kompaniyasi rahbari Aleksey Miller Kremlda O‘zbekistondan gaz sotib olish bo‘yicha shartnomani imzoladi. Bu haqda «Kommersant’»ga tayaanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.
«Gazprom» O‘zbekistondan gaz sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi
Shuningdek, kadrlar tayyorlash bo‘yicha memorandum hamda hamkorlikda geologiya-razvedka ishlarini olib borish va muhandislik-innovasiya ishlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar imzolgani aytilmoqda.

Bundan tashqari, «Gazprombank» rahbari Andrey Akimov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibrohimov bilan O‘zbekistonda neftgaz, tog‘-kon va metallurgiya sohalarida Rossiya kompaniyalari ishtirokida investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hadli bitim imzolagan.

Avvalroq «Gazprom» gaz sotib olish bo‘yicha O‘zbekiston bilan ilk bor o‘rta muddatga mo‘ljallangan — besh yillik shartnoma imzolashi haqida xabar berilgan edi.

Mazkur kelishuvga qadar «Gazprom» O‘zbekistondan gazni har yili yangidan tuziladigan shartnomalar asosida sotib olardi. Kompaniya O‘zbekistondan gaz sotib olishni 2003 yilda boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Gazprom» O‘zbekistondan gaz sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi