10:10 / 06.04.2017
6 177

O‘zbekiston Rossiyaning ayrim mahsulotlariga aksiz soliqlarini bekor qildi

O‘zbekiston Rossiyaning ayrim mahsulotlariga aksiz soliqlarini bekor qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, rasmiy Toshkent Rossiyaning qator mahsulotlariga qo‘llaniladigan aksiz soliqlarini bekor qilgan, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

"Biz Rossiyaning ayrim mahsulotlariga aksiz soliqlarini pasaytirish yoki butunlay bekor qilishga qaror qildik. Bular tijoriy avtomobillar, po‘lat prokati, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari va qurilish materiallaridir", — dedi Mirziyoyev O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasida o‘tkazilgan kengaytirilgan muzokaralar chog‘ida.

U, savdo-iqtisodiy sohada qulay sharoitlarni taqdim etish bu yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlikni sezilarli kengaytirish hamda mahsulot ayirboshlash hajmini sezilarli oshirishiga ishonch bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Rossiyaning ayrim mahsulotlariga aksiz soliqlarini bekor qildi