15:06 / 06.04.2017
9 504

Armiyada xizmat qilgan abiturientlar uchun imtiyozlar ortdi

Armiyada xizmat qilgan abiturientlar uchun imtiyozlar ortdi
Yangi o‘quv yilidan (2017−2018) boshlab O‘zbekiston qurolli kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qismlar tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abiturientlarga kirish testlarida to‘plagan ballarining 50 foizi qo‘shib beriladi. Bu haqda Gazeta.uzga asoslanib "Kun.uz" xabar tarqatdi.

O‘zgarishlar O‘zbekiston Prezidentining 4 aprelda imzolangan qarori bilan tasdiqlangan. Avvalroq armiyada xizmat qilgan fuqarolarning kirish imtihonlaridagi bu imtiyoz maksimal mumkin bo‘lgan ball miqdorining 27 foiziga teng edi.

Imtiyoz mamlakatning turli yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlaydigan barcha oliy o‘quv yurtlariga tegishli. Imtiyoz olishning boshqa shartlari o‘zgarishlarsiz qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Armiyada xizmat qilgan abiturientlar uchun imtiyozlar ortdi