16:48 / 06.04.2017
6 746

Toshkentda 2018 yildan chiqindilarni alohida yig‘ish joriy etilishi mumkin

Toshkentda 2018 yildan chiqindilarni alohida yig‘ish joriy etilishi mumkin
2018 yildan Toshkentdagi chiqindilarni yig‘ish punktlarini qattiq maishiy chiqindilarni alohida yig‘ish uchun farqlanuvchi rang, yozuv va belgilari bo‘lgan maxsus konteynerlar bilan ta’minlashga kirishish rejalashtirilgan. Bu haqda poytaxt hokimiyatida chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda shahar hokimiyati Hududiy kommunal-ekspluatasiya birlashmasi (HKEB) Iqtisodiyot va investisiya departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Oybek Bekmirzaev ma’lum qildi, deb yozadi "Sof.uz" nashri.

Ayni paytda «Maxsustrans» korxonasi Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish bo‘yicha investision loyiha ustidagi ishlarni yakunlamoqda. Unda mavjud 350 ta punktni rekonstruksiya qilish, 13,5 ming dona chiqindi konteynerlarini sotib olish, qayta yuklash stansiyalarining ikkitasini rekonstruksiya qilib, bittasini yopish, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 30 ga maydonda xalqaro standartlar bo‘yicha yangi sanitar poligonni qurish va jihozlash, shuningdek, sanitar poligon va qayta yuklash stansiyalari uchun maxsus mashinalar va mexanizmlarni xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Oybek Bekmirzaevning «Gazeta.uz"ga oydinlik kiritishicha, «Maxsustrans» loyihasi yakuniga etganidan so‘ng chiqindilarni kelgusida utilizasiya qilish va qayta ishlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda 2018 yildan chiqindilarni alohida yig‘ish joriy etilishi mumkin