08:42 / 07.04.2017
6 512

Peterburg terakti effekti. Toshkent metrosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Peterburg terakti effekti. Toshkent metrosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri metro bekatida sodir etilgan portlashdan so‘ng, Toshkent metropolitenida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu haqda ma’lum qilindi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston IIV rahbariyati shaxsan metro bekatlarining har birini ko‘zdan kechirgan va xavfsizlik hamda qo‘riqlash xizmati sifati bilan bevosita tanishgan. Ta’kidlanishicha, bugungi kunda metroning barcha bekatlariga kirish joylarida milisiya xodimlari yo‘lovchilarni temir topgich vositalar bilan ko‘zdan kechirishi yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, yaqin kunlarda bekatlarning har biri temir topgich maxsus romlar o‘rnatish masalasi ham o‘rganilmoqda. Toshkent shahar hokimligi va IIBB bilan hamkorlikda bu masala tez kunlarda o‘z echimini topishi aytildi.

Brifingda ishtirok etgan Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta prokurori Erkin Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, terrorizmga qarshi kurash masalasiga nafaqat Toshkent shahrida, balki Respublikaning barcha hududlarida bir necha yillardan buyon jiddiy e’tibor qaratiladi. Huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralar bu borada o‘z mas’uliyatlarini his qilgan holda ish olib bormoqda.

Ma’lumki, 3 aprel kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg metrosi bekatida portlash ro‘y bergan, buning oqibatida 14 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Peterburg terakti effekti. Toshkent metrosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi