O‘zbekistonda Groundzero deb nomlangan ilk kovorking faoliyatini boshlaydi

  • 07 aprel 2017, 19:11
  • 3 589
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekistonda Groundzero deb nomlangan ilk kovorking faoliyatini boshlaydi. Uning ochilishi 8 aprel kuni Toshkent shahridagi Texnoplaza biznes-markazida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Daryo»ga tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi.

    Yangi loyiha Groundzero deb nomlandi. U hisobning ilk nuqtasi, yangilikning boshlanishi, start, turtki, tramplin ma’nolarini anglatadi. Bu nom yangi loyiha missiyasini o‘zida ifoda etadi.

    Ochilish muhokamalar sessiyasi shaklida o‘tkazilishi sababli mehmonlar loyihaning g‘oyasi qanday paydo bo‘lgani, O‘zbekiston jamoatchiligi uchun nimasi bilan qiziq va foydali bo‘lishi haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.

    Har biri alohida alohida yo‘nalishdagi 3 ta sessiya tashkil etiladi. «Groundzero loyihasining tug‘ilishi. Xatolar va darslar» nomli birinchi sessiya ishtirokchilarga me’mor Ulug‘bek Xolmurodov, «Bezlogo» kreativ agentligidan Denis Aleshenko va CaryCake qahvaxonasidan o‘z loyihasi bilan qatnashgan Karina Martirosyan kabi iqtidorli mutaxassislarning bo‘lajak loyihalarini amalga oshirishga qanday hissa qo‘shganliklari haqida bilib olish imkonini berdi.

    Ikkinchi sessiyada «Tadbirkorlikning ekotizimini yaratish va bu yo‘ldagi chaqiriqlar» muhokama qilindi. Bugungi kunda nafaqat biznesni rivojlantirish yo‘lidagi muvaffaqiyatlar haqida bilish, shu bilan birga, muvaffaqiyatlar yo‘lida to‘siq bo‘ladigan xatolarni qilmaslik ham lozim. Shu uchun ham Toshkentdagi TChK asoschilari nomidan Anastasiya Li va Alisher Seytniyazovlarning ikkinchi muhokama mehmonlari bo‘lishi bejiz emas. «Brand.uz» kompaniyasi asoschisi va Startupmix’ning barcha loyihalari ishqibozi Alisher Yusupov asosiy mehmonga aylanadi.

    Nihoyat, yakuniy muhokama – «Mablag‘ni qanday sarflash» dastlabki ikki muhokamaning mantiqiy davomiga aylanadi. Ushbu sessiya doirasida startaplarni investisiya qilish va sarmoyadorlarni kutish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Sarmoyadorlarni jalb qilish va maqsad qilingan yo‘lni qisqartirish va boshqa ko‘plab masalalar haqida Anvar Irchaev, Zafar Hoshimov, Akmal Payziev, Qodir Norov va Nodira Vohidovadan eshitasiz.

    Tadbir yakunida barchaga loyihani rivojlantirishda yangi sahifa – «Biznes Laboratoriyasi» loyihasidan kutilmagan ajoyib sovg‘a taqdim etiladi. «Biznes Laboratoriyasi» Groundzero kovorkingida suratga tushadi va suratlarning yanada innovasiyali shakliga ega bo‘ladi. Me’mor Ulug‘bek Xolmurodov yangi shaklning birinchi mehmoniga aylanadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda Groundzero deb nomlangan ilk kovorking faoliyatini boshlaydi