6 aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashi (TIVK)ning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun MDH davlatlari delegasiyalari Toshkentga etib keldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmatiga asoslanib "Sof.uz" nashri.
Xabar berishlaricha, Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanov, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirodjidin Aslov, Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov, Moldova tashqi ishlar va Evropa bilan integrasiya vaziri o‘rinbosari Lilian Dariy, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xadjiev va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev boshchiligidagi delegasiyalar Toshkentga etib kelgan.
7 aprel kuni ochiladigan MDH TIVK yig‘ilishida ishtirokchi davlatlarning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek barqaror rivojlanishni ta’minlashda ko‘p tomonlama hamkorligiga oid 15 ta masala muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi