09:03 / 08.04.2017
6 169

O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konsullik ustavi tayyorlandi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mamlakatning Konsullik ustavi (yangi tahriri) loyihasi tayyorlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmatiga asoslanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.

2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq tayyorlangan loyiha Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi tizimiga joylashtirildi.

Mazkur hujjat loyihasiga yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bo‘yicha taqqoslash jadvali ilova qilingan.

Loyiha matni Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida e’lon qilindi. Loyiha yuzasidan taklif va mulohazalarni «Regulation.gov.uz» veb-sahifasida qoldirish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konsullik ustavi tayyorlandi