14:40 / 08.04.2017
9 571

Birmingem universiteti bitiruvchisi O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston Prezidentining 6 apreldagi qaroriga muvofiq, Ravshan Usmonov O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.

«Gazeta.uz»ning yozishicha, Ravshan Usmonov (1978 yilda tug‘ilgan) – Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchisidir.

Joriy tayinlanuvga qadar Ravshan Usmonov O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi (2012 yil avgustidan), shuningdek, o‘rindoshlik asosida Portugaliyadagi (2013 yil oktyabridan) va Italiyadagi (2014 yil iyunidan) elchisi lavozimlarida ishlab kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Birmingem universiteti bitiruvchisi O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi