21:15 / 08.04.2017
6 613

Bosh vazir videoselektor majlis o‘tkazmoqda


O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida umumiy videoselektor majlis bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Majlisda Prezidentning 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2865 son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar a’zolarining xayriya nikoh va sunnat to‘ylarini o‘tkazish masalalari muhokama etildi.

Manbaga ko‘ra, videoselektor majlisda barcha viloyatlar tuman (shahar) hokimlari, ular o‘rinbosarlari, ma’naviyat targ‘ibot markazi tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari, tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari va boshqa barcha tegishli davlat idoralari vakillari ishtirok etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bosh vazir videoselektor majlis o‘tkazmoqda