14:51 / 09.04.2017
8 216

Toshkent shahrida quriladigan halqa temir yo‘li loyihasi (Video)

Toshkent shahrida quriladigan halqa temir yo‘li loyihasi (Video)
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 aprel, shanba kuni Toshkentdagi halqa temir yo‘li qurilishi loyihasi bilan tanishdi. Halqa yo‘lining loyihasi aks etgan video Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilindi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Halqaning jami uzunligi 71,2 kilometrni tashkil etadi (ikkita yo‘nalishdagi yo‘llar uzunligi — 140 kilometrdan ziyod), yo‘nalishda 26 ta bekat quriladi. Birinchi bosqichda temir yo‘lda 10 ta poezd (har bir yo‘nalishda beshtadan) harakatlanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ular butun yo‘lni taxminan bir soatda bosib o‘tadi.

Loyiha qiymati 265 million dollarga teng, shuning 185 millioni davlat byudjetidan, 80 millioni — Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladi. Xorijiy investisiyalar jalb qilinishi mumkin.

Temir yo‘l yo‘nalishi avtobus yo‘nalishlari, metropoliten bekatlari va boshqa transport turlari bilan qulay tarzda bog‘lanadi. Halqa temir yo‘li qurilishi 2017—2030 yillarga mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent shahrida quriladigan halqa temir yo‘li loyihasi (Video)