09:51 / 11.04.2017
8 189

Bo‘stonliq tumanidagi ekologik aksiya doirasida 150 tup turli mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi

Bo‘stonliq tumanidagi ekologik aksiya doirasida 150 tup turli mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani «Xumson» qishloq fuqarolar yig‘inida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti va tabiatni muhofaza qilishga bag‘ishlangan ekologik aksiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zAga asoslanib "Daryo.uz" nashri.
O‘zbekiston Ekologik harakati, Medical-Express jurnali va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan aksiyada Ekoharakat va uning «Yoshlar qanoti» faollari, shifokorlar, fermerlar, OAV xodimlari ishtirok etdi.

«Aksiyada ekologik muammolarning oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilishning yanada samarali choralarini ishlab chiqish, sanoat korxonalarini modernizasiya qilish, kam chiqitli texnologiyalarni joriy etish kabi mavzularda suhbatlar bo‘lib o‘tdi, — dedi O‘zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasining hududiy bo‘limlar va faollar bilan ishlash guruhi rahbari Sh.Azizov. — Agrar soha mutaxassislarining bog‘dorchilikni rivojlantirish, xususan, intensiv bog‘larni tomchilatib sug‘orish, parvarishlash, bu borada hududda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqidagi ma’ruzalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi».

Aksiya doirasida «Akmal — Nargis — Abbos» fermer xo‘jaligining er maydoniga 150 dan ortiq tup turli mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, yarim gektarlik yangi bog‘ barpo etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bo‘stonliq tumanidagi ekologik aksiya doirasida 150 tup turli mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi