11:53 / 11.04.2017
12 598

Dunyoning 500ta eng yaxshi oliy o‘quv yurtlarining diplomi imtihonsiz nostrifikasiya qilinadigan bo‘ldi

Dunyoning 500ta eng yaxshi oliy o‘quv yurtlarining diplomi imtihonsiz nostrifikasiya qilinadigan bo‘ldi
O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi 173-sonli "Xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim haqidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikasiya qilish (ekvivalentligini belgilash) tartibiga oid Nizomga tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarori e’lon qilindi, deb yozmoqda norma.uzga asoslanib "Sof.uz" nashri.

Eslatib o‘tamiz, xorij o‘quv muassasalarida olingan diplom O‘zbekistonda nostrifikasiyalangandan yoki tan olingandan so‘nggina yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Tan olish bu yengilroq prosedura bo‘lib, muayyan xalqaro shartnoma borligi tufayli O‘zbekiston Respublikasida biror davlatga tegishli ta’lim hujjati qabul qilinadi.

Nostrifikasiya xorijiy davlatda berilgan ma’lumot haqidagi hujjatning ekvivalentligini belgilashdir.

Tilga olingan hujjat matni bilan qonunchilikda tanishishingiz mumkin.

Kun.uz sayti nostrifikasiya va tan olish jarayonlariga oydinlik kiritdi.

Tan olish va nostrifikasiya uchun qanday yangi hujjatlar topshirish kerak?

Tan olish yoki nostrifikasiya haqidagi arizaning yangi shakli tasdiqlandi. Bundan tashqari, unga biriktirilgan hujjatlar ro‘yxatiga quyidagilar qo‘shildi:

- arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

- tan olish va nostrifikasiya uchun to‘lov kiritilganini tasdiqlovchi hujjat.

Qanday holatlarda hujjat tan olinmasligi mumkin?

Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning tan olinish talablariga xorijiy ta’lim muassasasidagi ta’lim shaklining O‘zbekistondagi tizim shakliga muvofiqligi ham qo‘shildi. Masalan, O‘zbekistonda muayyan mutaxassisliklar bo‘yicha sirtqi ta’lim shakli taqiqlangan bir paytda sirtqi ta’lim to‘g‘risidagi xorijiy diplomlar tan olinmaydi.

Qanday hollarda nostrifikasiyada imtihon topshirilmaydi?

Chet ellarda ta’lim olgan bitiruvchilar hujjatlari nostrifikasiyasi quyidagi holatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi:

- O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari, Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, buyruqlari va protokol qarorlariga asosan ta’lim olganlar;

- Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalarida tahsil olganlar;

- tasarrufida oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash maqsadida xorijiy mamlakatlar tomonidan ajratilgan kvotalar evaziga ta’lim olganlar;

- xalqaro tan olingan tashkilotlar reytingida ilk 500 pozisiyani egallagan ta’lim muassasalarida ta’lim olganlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dunyoning 500ta eng yaxshi oliy o‘quv yurtlarining diplomi imtihonsiz nostrifikasiya qilinadigan bo‘ldi