Boshqa shahardan kelganlar Toshkentdan ko‘chmas mulk sotib olishi va propiskaga o‘tishi mumkin

  • 12 aprel 2017, 10:00
  • 5 912
  • O‘zbekiston
  • Boshqa shahardan kelganlar Toshkentdan ko‘chmas mulk sotib olishi va propiskaga o‘tishi mumkin
    O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida boshqa shahardan kelganlar va xorijliklar uchun Toshkent shahri hamda viloyatida propiska olish imkoniyatini yangi qurilayotgan uylarda turar joy xarid qilish orqali taqdim etishga yo‘naltirilgan ikkita qonunchilik hujjati loyihasi muhokama uchun joylashtirildi, deb yozadi Kun.uz nashri.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha rivojlantirish Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga yo‘naltirilgan Davlat dasturi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da boshqa shahardan bo‘lganlar va xorijliklarga Toshkent shahri hamda viloyatida propiska olishni yangi uylarda qiymati eng kam ish haqining 2 ming miqdoridan kam bo‘lmagan turar joyni xarid qilish (boshqa mintaqalarda propiskasi bo‘lmagan xorijliklar uchun, - 100 ming AQSh dollari) va ko‘chmas mulk narxidan 5-10 foiz hajmda bo‘lgan davlat bojini to‘lash holatida taqdim etish imkoniyatini nazarda tutadi

    Birinchi qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga olinadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – shaxslar toifalari ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, deb xabar bermoqda Norma.uz.

    Xususan, hujjatga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatidagi yangi uylarda ko‘chmas mulkni xarid qilish-sotish bo‘yicha notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs tomonidan Toshkent shahri va viloyatidagi yangi uylarda qiymati eng kam oylik ish haqining kamida 2 ming baravari bo‘lgan ko‘chmas mulkni bank hisob raqamlari orqali hisob-kitob qilingan holda xarid qilsa, amalga oshiriladi. Aynan shuncha miqdorga Toshkent shahri va viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan va o‘sha mintaqalarda doimiy propiskaga ega bo‘lgan xorijlik fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ko‘chmas mulkni sotib oladi.

    Toshkent shahri va viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va vaqtinchalik turishga ruxsat olgan xorijlik fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar poytaxt mintaqasida shu tarzda propiska olishlari uchun Toshkent shahri va viloyatida qiymati kelishuv imzolangan kundagi Markaziy bank kursi bilan va bank hisob raqamlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirgan holda 100 ming dollardan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulkni xarid qilishlari kerak bo‘ladi.

    Toshkent shahri va viloyatidagi yangi uylarda ko‘chmas mulkni sotib olish-sotib yuborish shartnomalarini tasdiqlash uchun quyidagi davlat bojlari miqdori taklif etilmoqda:

    1. O‘zbekiston Respublikasida doimiy tarzda yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega hamda qiymati eng kam oylik ish haqining 2 ming baravaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulkni xarid qiluvchi jismoniy shaxslar uchun – shartnoma summasidan 5 foiz miqdorida.

    2. Toshkent shahri va viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va O‘zbekistonda yashash uchun ruxsatnoma olgan hamda qiymati shartnoma imzolangan kundagi Markaziy bank kursi bo‘yicha kamida 100 ming dollarlik ko‘chmas mulkni xarid qilayotgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun – shartnoma summasidan 10 foiz miqdorida.

    Ikkinchi qonun loyihasida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli turar joylar, kvartiralar, dala hovlilar, garajlar, boshqa inshootlar, binolarni boshqalar ixtiyoriga o‘tkazish bo‘yicha shartnomani tasdiqlash uchun davlat boji miqdori turar joy yoki umumiy hududidan kelib chiqib belgilanishiga oid umumiy qoidani bekor qilish taklif etilmoqda. Bu boshqa shahardan kelganlar va xorijliklarga shartnoma qiymatiga bog‘liq bo‘lgan davlat boji to‘lanishining yangi mexanizmini joriy etish uchun zarur.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Boshqa shahardan kelganlar Toshkentdan ko‘chmas mulk sotib olishi va propiskaga o‘tishi mumkin