Namangan shahrida markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi

  • 12 aprel 2017, 12:57
  • 4 419
  • O‘zbekiston
  • Namangan shahrida markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi
    Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining o‘n oltinchi sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2744- sonli qarori ijrosini ta’minlash masalasi muhokama etildi. Bu haqda Namnews.uz xabar berdi.

    Unda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mustaqilligimizni qo‘lga kiritishdagi, mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini yaratishdagi, barcha sohalarda tub islohotlarni amalga oshirishdagi, milliy qadriyatlarimizni tiklashdagi, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishdagi, xususan, Namaganni eng zamonaviy shaharga aylantirish, uni obodonlashtirish, infratuzilmasini rivojlantirish, sanoat salohiyatini yuksaltirishdagi buyuk xizmatlari, ayniqsa, Yurtboshimizning “Men Namangan ahlining mehnat shijoatiga doimo chuqur hurmat bilan qarayman” degan so‘zlari barchani yuksak marralar sari ilhomlantirib kelayotganligi ta’kidlandi.

    Shuning uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorini namanganliklar ham katta mamnuniyat bilan kutib oldilar. Ayniqsa, ushbu qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomini berish haqidagi taklifni kattayu - kichik barcha yakdillik bilan qo‘llab-quvvatladi. Viloyat va shahar hokimligi rahbarligida ushbu taklif atroflicha o‘rganib chiqildi. Jamoatchilik vakillari, turli kasb egalari Namangan shahrining “Do‘stlik” shoh ko‘chasini Islom Karimov nomi bilan atash yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

    Deputatlardan Feruza Jalolova, Ilhom Otaboyev, Qosim To‘raxonov, Avazxon Inomovlar O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining buyuk xizmatlarini e’tirof etgan holda Namangan shahridagi “Do‘stlik” shoh ko‘chasiga Islom Karimov nomini berish haqidagi taklifni qo‘llab-quvvatladilar.

    Sessiyada Namangan shahrining “Do‘stlik” shoh ko‘chasiga Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ayni kunlarda ko‘chaning nomini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Namangan shahrida markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi