22:12 / 12.04.2017
5 410

Chilonzor tumanining yo‘llari to‘liq ta’mirlanadi

Chilonzor tumanining yo‘llari to‘liq ta’mirlanadi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash loyihasi bilan tanishdi. Loyihaga ko‘ra 2017-2018 yillarda tumandagi barcha ichki yo‘llar to‘liq ta’mirlanadi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Davlatimiz rahbari loyiha bilan tanishar ekan, yo‘llarning sifati va zamonaviyligiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Katta bino va inshootlar, bozor hududlariga yaqin masofalarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari etishmasligi muayyan noqulayliklar tug‘dirayotganligini ko‘rsatmoqda. Prezidentimizga katta bino va inshootlar oldida maxsus avtoturarjoylar loyihasi haqida axborot berildi.

Unga ko‘ra binolar yonida avtomobillar uchun mo‘ljallangan uch va to‘rt qavatli avtoturarjoylar qurilishi rejalashtirilgan. Bu yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olish, haydovchilar va piyodalar xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz yo‘llarni yaxshilash bilan birga, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini ham zamonaviy talablar darajasida bunyod etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Chilonzor tumanining yo‘llari to‘liq ta’mirlanadi