23:01 / 12.04.2017
6 536

13 aprel uchun ob-havo ma’lumoti

13 aprel uchun ob-havo ma’lumoti
Gidrometeorologiya xizmati markaziga tayanib Qalampir.uz'ning xabar berishicha, 13 aprel kuni yurtimiz bo‘ylab havo o‘zgarib turadi. Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Ertaga Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi mumkin. Harorat kunduzi +13... +15, kechasi esa +10... +12 daraja issiq bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi mumkin. Harorat +15... +20, kechasi esa +10...+15 bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi mumkin. Harorat kunduzi +13... +18, kechasi esa +8... +13 bo‘lishi aytilmoqda. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi mumkin. Harorat kunduzi +17... +22, kechasi +7... +12 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi mumkin. Havo harorati kunduzi +18... +23, kechasi +8... +13 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi mumkin. Havo harorati kunduzi +18... +23, kechasi +10... +15 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 13 aprel uchun ob-havo ma’lumoti