10:42 / 13.04.2017
12 772

Rossiya O‘zbekistonga harbiy texnika etkazib berishni oshiradi

Rossiya O‘zbekistonga harbiy texnika etkazib berishni oshiradi
Rossiya O‘zbekistonga harbiy texnika etkazib berishni oshiradi, tegishli shartnoma mamlakat Federasiya Kengashi tomonidan ratifikasiya qilindi. Bu haqda «Parlamentskaya gazeta»ga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Federasiya kengashining mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Olga Kovitidining xabar berishicha, hujjat Moskvada 2016 yilda imzolangan bo‘lib, har ikki davlat manfaatidagi harbiy-texnikaviy maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlarni etkazib berishni yanada samarali amalga oshirishga yo‘naltirilgan, deb ta’kidlaydi parlament nashri.

Shartnoma bilan Rossiya va O‘zbekistonning qator yo‘nalishlar bo‘yicha harbiy-texnikaviy hamkorligi huquqiy asoslari o‘rnatiladi. Xususan, bular – harbiy maqsaddagi mahsulotlarni o‘zaro etkazib berish, qurol-yarog‘ va harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, harbiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish, ilmiy-tadqiqot va tajribaviy - konstruktorlik ishlarini bajarishdir.

Shartnomani amalga oshirish bo‘yicha Rossiya tomonidan harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Federal xizmat, O‘zbekistondan esa – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakolatli idora bo‘ladi.

Harbiy mahsulotlarni o‘zaro etkazib berish tomonlar vakolatli organlarining maslahatlashgani holda amalga oshiriladi.

«Shartnomani bajarish Rossiya va O‘zbekistonning qurol-yarog‘ va harbiy texnika sohasidagi ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va foydalanish bo‘yicha mudofaa sohasidagi korxonalarining o‘zaro harakatlari uchun ijobiy rejim yaratadi», - deya aytib o‘tgan Rossiya harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Federal xizmati rahbari o‘rinbosari Vladimir Drojjov.

Federasiya kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachevning fikricha, Rossiyaning O‘zbekiston bilan istalgan ko‘rinishdagi shartnomalari faqatgina ijobiy qarshi olinadi.

«Harbiy sohadagi kelishuvlar esa o‘zaro ishonchli munosabatlarning yuqori darajasidan darak beradi», - deya aytib o‘tgan senator.

Evropa va Amerikaning qator tahliliy institutlari ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekiston harbiy byudjeti har yili 70-80 mln. dollarni tashkil etadi. Rossiya harbiy byudjeti esa 60 mlrd. dollar, deb baholanadi.

Armiyada ayni damda 65 ming harbiy xizmatchi bor. Global Firepower hisobotiga ko‘ra, qurolli kuchlar 420ta tank, 715ta piyoda mashinalari, 143 o‘ziyurar, 880ta qurol va 109ta zalp o‘t ochuvchi tizimlariga ega. Harbiy-havo kuchlarida 69ta qiruvchi, 89ta hujum guruhi turli samolyotlari, 49ta yuk tashiydigan samolyot, 65ta oddiy va 25ta jangovar vertolyotlar, shuningdek, boshqa texnikalar bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rossiya O‘zbekistonga harbiy texnika etkazib berishni oshiradi