Senator: “Valyuta bozorini erkinlashtirishni kechiktirish ko‘proq ziyon etkazadi”

  • 15 aprel 2017, 14:59
  • 3 976
  • O‘zbekiston
  • Senator: “Valyuta bozorini erkinlashtirishni kechiktirish ko‘proq ziyon etkazadi”
    14 aprel kuni Xalqaro press-klubning «O‘zbekiston tashqi siyosatining yangi bosqichdagi dolzarb masalalari» mavzusida sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Abdulaziz Komilov hamda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi, deb yozadi Kun.uz nashri.

    Xususan, Safoyev O‘zbekistondagi sarmoyaviy muhitni yaxshilash haqida fikr bildirar ekan, jumladan shunday dedi:

    “Shuni yaxshi tushunish lozimki, valyuta bozorini erkinlashtirish, xuddi iqtisodiyotni liberallashtirish kabi ham doim o‘z qiymatiga ega. Biroq islohotlarni kechiktirish yoki ularning umuman bo‘lmasligi yanada ko‘proq ziyon keltirishi mumkin. Bu borada aniq tushunish bor. Ikkinchisi, bank tizimini takomillashtirish kerak. Bugungi kunga kelib u investisiyalarni jalb qiluvchi samarali institutga aylangani yo‘q. Fond bozori. Afsuski, u ichki sarmoyalar omili sifatida deyarli yo‘q. Mintaqaviy siyosat. Sarmoyaviy oqimlar asosan to‘rt viloyatga jamlangan. Bu ko‘p narsa bilan bog‘liq – kadrlar bilan ham, mahalliy hokimiyat organlari maqomi bilan ham. Biz ulardan sarmoyalar jalb etishni talab qilayapmiz. Ammo, savol tug‘iladi – ularda buning uchun qanday vakolatlar bor? Joylarda elektr energiyasining barqaror ta’minotisiz, axborot-kommunikasiya texnologiyalardan foydalanishsiz bugungi kunda sarmoyalar jalb etish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas”, dedi Safoyev.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda O‘zbekiston Respublikasida yangi sarmoyaviy muhitni yaratish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Senator: “Valyuta bozorini erkinlashtirishni kechiktirish ko‘proq ziyon etkazadi”