10:34 / 17.04.2017
18 526

Andijonda lola daraxti gulladi

Andijonda lola daraxti gulladi
Shaharsozlikda landshaft dizayni asosiy masalalardan hisoblanib, bino atroflarini turli daraxtlar yoki gullar bilan bezatish hozir urfga kirgan. Andijon shahridagi ko‘chalardan birida daraxtlar soni yana bittaga ko‘paydi, deb yozadi Qalampir.uz sayti. Jumladan, Istiqlol ko‘chasida ekilgan lola daraxti yurtdoshlarimiz hamda shahrimiz mehmonlariga o‘zgacha zavq bag‘ishlamoqda.

Mazkur daraxtning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning gullarida bo‘lib, bamisoli lolaga o‘xshab ochiladi. Aynan mana shu sababli uni lola daraxti deb atashsa kerak.

Lola daraxti ochilgani to‘g‘risida quloqdan-quloqqa etib borayotgan xabarlar mazkur ko‘chatni tomosha qilish uchun tashrif buyurayotganlar sonini oshirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Andijonda lola daraxti gulladi