13:26 / 17.04.2017
8 761

Hukumat yuk mashinalari Qamchiq dovoni orqali yuk tashishini taqiqladi

Hukumat yuk mashinalari Qamchiq dovoni orqali yuk tashishini taqiqladi
Shu yilning 1 iyulidan boshlab Qamchiq dovoni orqali bitta etaklovchi o‘qqa 11,5 tonnadan ortiq yuk to‘g‘ri keladigan, o‘ta og‘ir yuklari ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarida yuk olib o‘tish taqiqlanadi. Bu haqda O‘zbekiston hukumatining 11 aprel kungi «A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Bu vazn talabi vakolatli organlarning maxsus ruxsati bilan harakatlanadigan yuk mashinalariga tatbiq etilmaydi (Qamchiq dovonida yo‘l-transport infratuzilmasi ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun jalb qilingan yuk mashinalari).

«Chinor» (Toshkent viloyati, Ohangaron tumani) va «Sherobod» (Namangan viloyati, Pop tumani) postlarida avtotransport vositalarining og‘irlik va gabarit o‘lchamlarini, shu jumladan, etaklovchi o‘q yuklamalarini tekshirish bo‘yicha zamonaviy uskunalar o‘rnatiladi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, endilikda Angren-Pop orqali Farg‘ona vodiysiga yuklarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ etkazib beradi.

Ushbu hujjat A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida avtomobillar harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l holatini sifatli holda saqlab turishga qaratilgan. Shuningdek, bu orqali dovonning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yaxshilashga imkon berishi mumkin.

O‘qqa tushadigan yuklama deb avtomobilga va yo‘l yuzasiga tushuvchi og‘irlikka aytiladi. Katta o‘q yuklamasiga ega bo‘lgan avtomobillar yo‘l yuzasini tezroq buzadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hukumat yuk mashinalari Qamchiq dovoni orqali yuk tashishini taqiqladi