21:20 / 17.04.2017
7 131

Putin O‘zbekiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi

Putin O‘zbekiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi
Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston bilan bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qildi, deb yozadi Kun nashri.

O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-polkovnik Qobul Berdiev va Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 2016 yilning 29 noyabr kuni Moskva shahrida harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni va ikki mamlakat harbiy idoralari o‘rtasida 2017 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasini imzolagandi.

Shartnomaga ko‘ra tomonlar Rossiya va O‘zbekistonda harbiy xavfsizlikni ta’minlash, ikki mamlakat Qurolli kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshiradi.

Shuningdek, bitim doirasida tomonlar bir-biriga harbiy maqsadlardagi mahsulotlar — qurol-yarog‘, harbiy texnika, ishlar, xizmatlar va boshqalarni etkazib berishi mumkin. Bundan tashqari, tomonlar qurol-yarog‘ va harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash ishlarini ham bajaradi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 mart kuni «O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikasiya qilish haqida»gi qonunni imzolagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Putin O‘zbekiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi