21:17 / 18.04.2017
6 666

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan yangi Davlat qo‘mitasi tuzildi

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan yangi Davlat qo‘mitasi tuzildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 18 aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirilgan korxonalar va raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha Davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha Davlat qo‘mitasiga aylantirildi.

Farmonda ta’kidlanishicha, yangi qo‘mitaning eng muhim vazifasi xususiylashtirilgan korxonalarni tiklash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish hamda shu asosda yangi ish o‘rinlarini yaratishdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan yangi Davlat qo‘mitasi tuzildi