Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi

  • 19 aprel 2017, 06:19
  • 5 005
  • O‘zbekiston
  • Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi
    Toshkent shahri Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi. «Kun.uz» manbasi ma’lum qilishicha, Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari Rahmonov Baxtiyor Sultonovich endilikda ushbu tuman hokimi sifatida ish boshlaydi.

    Rahmonov Toshkent shahri hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

    Sergeli tumanining avvalgi hokimi Furqat Maqsudxo‘jaev qaysi ishga o‘tgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

    Biroz oldinroq Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Dilmurod Turdiev Rahmatjonovich Toshkent shahri Yashnobod tumaniga hokim bo‘lgani xabar qilingandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi