O‘zbekistonda bu yil qancha uzum etishtirilishi aytildi

  • 19 aprel 2017, 19:47
  • 4 051
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekistonda bu yil qancha uzum etishtirilishi aytildi
    Milliy matbuot markazida “O‘zvinosanoatxolding” xolding kompaniyasi matbuot anjumani  o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

    O‘zbekistonda 2016 yilda 1,7 million tonna hosil olingan bo‘lsa, joriy yilda 1,9 million tonna uzum etishtirish mo‘ljallanmoqda.

     – Tizimdagi oltmishdan ortiq korxona fermer xo‘jaliklarida etishtirilgan uzumni qayta ishlash bilan birga sanoatbop navli tokzorlar barpo etilmoqda, – deydi “O‘zvinosanoatxolding” xolding kompaniyasining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Adiba Ahmadjonova. – 2014 yilda 2 ming gektar tokzor tashkil qilingan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu maydonlar 2 baravar ortdi. Joriy  yilda yana 1 ming 400 gektarda tokzor barpo etiladi.
                                                                
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi Respublikada uzum etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini birlashtirish, tokzorlar samaradorligini oshirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish, eksport va qayta ishlash xajmlarini ko‘paytirish uchun uzumchilikka ixtisoslashgan agrofirmalar tashkil etish to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida uzumchilikka ixtisoslashgan qirq ikkita agrofirma faoliyat ko‘rsatmoqda. 

    Agrofirmalar fermerlarga hosilni  sifatli saqlashda ko‘maklashmoqda.  Buning uchun agrofirmalarda muzlatgich kameralari va jihozlangan omborlar mavjud. Agrofirmalar o‘zlariga biriktirilgan tumanlardagi fermer xo‘jaliklarida agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish maqsadida qishloq xo‘jalik texnikasi xarid qilishni ko‘paytirmoqda. Hozirgacha  joriy yilgi uzum hosili uchun 30 foiz bo‘nak puli to‘lab berildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda bu yil qancha uzum etishtirilishi aytildi