22:21 / 19.04.2017
9 429

O‘zbekiston gastronomik turizm yo‘nalishi reytingida 5-o‘rinni oldi

O‘zbekiston gastronomik turizm yo‘nalishi reytingida 5-o‘rinni oldi
O‘zbekiston gastronomik turizm yo‘nalishida rossiyaliklar uchun ommabop MDH va yaqin chet el mamlakatlari reytingi beshligiga kirdi. Bu haqda TurStat tahliliy agentligi ma’lum qildi deb yozadi Sputnik nashri.

Reyting gastronomik turlarga bo‘lgan talabni tahlil qilish ma’lumotlariga asoslanib tuzildi. O‘zbekistonda turizmning yangi yo‘nalishi yaratilmoqda MDH mamlakatlari bo‘ylab eng ommabop gastronomik turizm mamlakatlari reytingiga Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston va O‘zbekiston kiritildi. Agentlikning bildirishicha, MDH mamlakatlari bo‘ylab gastronomik turlar Rossiyada eng tez rivojlanayotgan turizmga aylanmoqda.

TurStat ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar uchun eng ommabop gastronomik turlar bu bir haftalik sayohatlardir. Masalan, Rossiyadan Ozarbayjon yoki Gruziyaga etti kunlik gastronomik tur aviachiptalar bilan birgalikda o‘rtacha 800 dollar, Qozog‘iston va Armanistonga 900 dollar, O‘zbekistonga esa 1000 dollarga tushadi.

Gastronomik turizm bu — mamlakat bilan uning gastronomiyasi, mahalliy oshxonasi va pazandalik mahorat darslari orqali tanishish uchun sayohat va gastronomik turlardir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston gastronomik turizm yo‘nalishi reytingida 5-o‘rinni oldi