​Yangi vazirlik qurilish tannarxini pasaytirib, sifatli materiallar etkazib berilishini ta’minlaydi

  • 20 aprel 2017, 11:35
  • 4 933
  • O‘zbekiston
  • ​Yangi vazirlik qurilish tannarxini pasaytirib, sifatli materiallar etkazib berilishini ta’minlaydi
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 aprel kuni "Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonga imzo chekkani haqida xabar bergan edik.

    Ushbu farmonga asosan tashkil etilgan yangi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.

    Unga ko‘ra, ko‘p xonadonli arzon uylar qurilishi bo‘yicha davlat dasturlari amalga oshirilishi ta’minlanadi, ko‘p xonadonli arzon uylar, suv ta’minoti, kanalizasiya, issiqlik ta’minoti ob’ektlari qurilishi bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari amalga oshirilib, eski va avariya holatidagi uy-joylar buziladi.

    Shuningdek, ko‘p xonadonli uylarning texnik holati monitoring qilinib, shu jumladan, ko‘p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etilib, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati muvofiqlashtiriladi, ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va ekspluatasiya xarajatlarini aniqlash bo‘yicha talablarga, ko‘p xonadonli uylarni texnik ekspluatasiya qilish qoidalari va normalariga, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlariga muvofiq holda saqlanishiga rioya etilishi nazorat qilinadi.

    Bundan tashqari, farmonda qayd etilishicha, suv ta’minoti va kanalizasiya ob’ektlari, issiqlik ta’minoti tizimlarini aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog‘lagan holda rivojlantiriladi, modernizasiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqib, ularning sifatli bajarilishini tashkillashtiradi, mazkur soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va boshqaruvini ta’minlaydi.

    Qolaversa, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalar tatbiq etiladi, jumladan, uy-joy kommunal xo‘jaligi ob’ektlarini zamonaviy hisoblash o‘lchov asboblari bilan jihozlanib, qurilish-montaj ishlari tannarxining pasayishini ta’minlaydigan mahalliy zamonaviy va sifatli qurilish materiallari hamda buyumlari keng qo‘llaniladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » ​Yangi vazirlik qurilish tannarxini pasaytirib, sifatli materiallar etkazib berilishini ta’minlaydi