08:54 / 21.04.2017
5 943

Birinchi o‘zbek-tojik biznes-forumida 35 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

Birinchi o‘zbek-tojik biznes-forumida 35 mln dollarlik shartnomalar imzolandi
19 aprelda Dushanbeda birinchi tojik-o‘zbek biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmon doiralari uchrashuvi natijalariga ko‘ra umumiy qiymati 35 mln dollardan ko‘proq bo‘lgan hamkorlik haqidagi 20 ga yaqin hujjat imzolandi deb yozadi Kun nashri.

O‘zbekistonning kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi "O‘zkimyosanoat" kompaniyasi o‘z mahsulotlarini, xususan turli navdagi mineral o‘g‘itlarni Tojikistonga etkazib berish bo‘yicha 5 ta shartnoma tuzdi. 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan hujjatlarning umumiy qiymati 28,4 mln dollarni tashkil qildi.

"O‘zavtosanoat" korxonasi o‘z mahsulotlarini Tojikistonning "Lesinvest" va "Tadj Motors" kompaniyalariga etkazib berish bo‘yicha kelishuv imzoladi. 2017-2018 yillar uchun mo‘ljallangan kelishuvlarning umumiy qiymati 1,8 mln dollarni tashkil qildi.

"O‘zavtosanoat" va u tomondan nazorat qilinuvchi korxonalar avtomobil ehtiyot qismlari etkazib berish bo‘yicha 4 ta hujjat imzoladi. Bu kelishuvlarning qiymati aniqlashtirilmoqda.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida ikki davlat ishbilarmonlari Tojikistonga qurilish materiallari etkazib berish bo‘yicha 4 ta shartnoma imzolashdi. 500 ming dollarlik qiymatdagi bu kelishuvlar joriy yil davomida amalga oshirilishi kerak. Qurilish materiallarini "Kvars" va "Bestmetalkonstrakshn" o‘zbek kompaniyalari etkazib beradi. Tojik tomondan kelishuvlarni "Fayzi Xurshed", "Peshsaf-1", "Tch-Mol" va "Zamon Treyd" kompaniyalari imzoladi.

Shuningdek, Tojikistonda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarini o‘tkazish istagi haqidagi bayonnoma imzolandi. "O‘zbekoziqovqatxolding" va Tojikistonning "Iqtidor" kompaniyalari o‘rtasida imzolangan 2 mln dollarlik shartnoma 2017-2018 yillar uchun hamkorlikni ko‘zda tutadi.

"O‘zeltexsanoat" kompaniyasi va "Nematbaxsh" tojik kompaniyasi o‘rtasida Tojikistonga 2,5 mln dollarlik elektr maishiy mahsulotlar etkazib berish bo‘yicha 2017 yilga mo‘ljallangan memorandum imzolandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Birinchi o‘zbek-tojik biznes-forumida 35 mln dollarlik shartnomalar imzolandi