00:03 / 23.04.2017
16 662

Toshkent bozorlaridagi qulupnay narxlari e’lon qilindi

Toshkent bozorlaridagi qulupnay narxlari e’lon qilindi
Aytishlaricha, qulupnay sotib olishga hali erta ekan: ham qimmat, ham unchalik mazali emas. Lekin odam juda istasa, tatib ko‘rishi mumkin. Ushbu mavsumda qulupnay rastalariga tushganlar, Sof.uz muxbiri bilan dastlabki taassurotlarini o‘rtoqlashdi.

− Chorsuda esa qulupnay narxi 45 ming so‘m.

− Bugun 25 ming so‘mga Charli navli qulupnay sotib oldim. Mazasi arang seziladi. Hali erta ekan.

− Chilonzor metrosi yaqinida qulupnay narxi 28 ming so‘m. Ta’mi umuman yo‘q. Hali erta.

− Kecha Farhod bozoridan 30 ming so‘mga sotib oldim: mazali, shirin.

− Oloy bozorida 60 ming so‘m: saralangan va juda mazali.

− TTZ bozorida 20−32 ming so‘m.

− Yunusobod bozorida 20 ming so‘m. Biroq sotib olmadik, ishonch yo‘q.

− Bugun ogohlantirishdi, olmaslik kerak ekan. Tanishim infeksiya bo‘limida ishlaydi, ikkita ovqatdan zaharlanish holati qayd etilibdi.

− Rohat aylanma yo‘li yaqinida 40−50 ming so‘m.

Hamma sevib iste’mol qiluvchi qulupnay Toshkent bozorlarida bir kilogramm narxi 20 mingdan 120 ming so‘mgacha deb baholanmoqda. Bu uning sifati va o‘lchamiga bog‘liq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent bozorlaridagi qulupnay narxlari e’lon qilindi