13:45 / 24.04.2017
6 520

O‘zbekiston bo‘ylab 1255 kilometr yo‘llar ta’mirlandi

O‘zbekiston bo‘ylab 1255 kilometr yo‘llar ta’mirlandi
2017 yilning boshidan beri O‘zbekistondagi 1255,6 kilometr yo‘llar va ko‘chalar ta’mirlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 103,6, Andijon viloyatida 128,3, Buxoro viloyatida 94,3, Jizzax viloyatida 77,3, Qashqadaryo viloyatida 81,4, Navoiy viloyatida 77,4, Namangan viloyatida 70,6, Samarqand viloyatida 99,5, Surxondaryo viloyatida 85,8, Sirdaryo viloyatida 87,7, Toshkent viloyatida 97,6, Farg‘ona viloyatida 152,6, Xorazm viloyatida 73,6 va Toshkent shahrida 25,9 kilometrlik yo‘l va ko‘chalar ta’mirdan chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, respublika hududlarida aynan qaysi yo‘l va ko‘chalarning birinchi navbatda ta’mirga muhtojligi masalasi mahalliy hokimliklar tomonidan shakllantirilgan manzilli dasturlar orqali belgilab olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston bo‘ylab 1255 kilometr yo‘llar ta’mirlandi